Aviatsiya tarixining eng yirik ko’chib o’tish faoliyatlari Istanbulda davom etmoqda

Ko’chib o’tish ishlarining rejalashtirilgandek davom etishi uchun “Ataturk” aeroporti bilan “Istanbul” aeroportidan tarif bo’yicha qatnaydigan reyslar to’xtatildi.

1178220
Aviatsiya tarixining eng yirik ko’chib o’tish faoliyatlari Istanbulda davom etmoqda

Aviatsiya tarixining eng yirik ko’chib o’tish faoliyatlari Istanbulda davom etmoqda.

“Ataturk” aeroportidagi 47 ming 300 tonna ashyo, “Istanbul” aeroportiga ko’chirilmoqda.

Kecha soat 03:00 da boshlagan ko’chib o’tish ishlarining 94 foizi hozirda tamomlangan vaziyatda.

Mazkur faoliyatning bugun 23:59 da butunlay tamomlanishi rejalashtirilmoqda.

Turk Havo yo’llarining Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra, ko’chib o’tish ishlarining rejalashtirilgandek davom etishi uchun “Ataturk” aeroporti bilan “Istanbul” aeroportidan tarif bo’yicha qatnaydigan reyslar to’xtatilgan.

“Ataturk” aeroportidan yo’lovchi tashigan oxirgi uchoq Istanbul-Singapur qatnovini yo’lga qo’yish maqsadida kechasi soat 02:00 da ko’tarilgan.

Bayonotda shuningdek, uchish ishlarining bugun soat 14:00 da “Istanbul” aeroportidan boshlashi eslatilar ekan bu haqida,

“Ko’chib o’tish ishlari tamomlanganidan keyin birinchi qatnovlar Istanbul aeroportidan poytaxt Anqaradagi Esenbog’a nomidagi aeroport o’rtasida, Turk Havo yo’llari orqali amalga oshiriladi. Keyingi jarayonda Istanbul aeroportidan yo’lga qo’yiladigan uchishlar ma’lum rejalar asosida bosqichma-bosqich orttiriladi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Mazkur ko’chib o’tish ishlari, uch boshqa nuqtadan kuzatilmoqda.

Maxsus ishlab chiqarilgan dasturiy ta'minot yordamida vositalar, yuklar va yo'l harakati bir vaqtning o'zida kuzatilmoqda.

 



Aloqador xabarlar