Turkiya-Tatariston biznes forumi Istanbulda o’tkazildi

Turkiya-Tatariston o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar qo’lga olingan mazkur forumda Tatariston Prezidenti Rustam Minnihanov ham ishtirok etdi.

960034
Turkiya-Tatariston biznes forumi Istanbulda o’tkazildi

Turkiya-Tatariston biznes forumi Istanbulda o’tkazildi.

Ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar qo’lga olingan mazkur forumda Tatariston Prezidenti Rustam Minnihanov ham ishtirok etdi.

Minnihanov,

“Tataristonning rivojlanishida Turkiya Respublikasi va turk ishbilarmonlarining hissasi katta. Yurtimizdagi eng muhim soliq to’lovchilari turk ishbilarmonlari desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunday ekan bu investitsiyalarning davom etishini xohlaymiz” dedi.

Forumda Turkiya nomidan ishtirok etgan Iqtisodiyot vaziri o’rinbosari Fatih Metin ham mintaqadagi pudratchilik asosidagi investitsiyalarga e’tibor qaratdi.  

Fatih Metin shu doirada Turkiyaning pudratchilik tarmog’ida dunyo miqyosida ikkinchi o’rinda ekanligini, bu tarmoqdagi faoliyatlarining Rossiya va Tataristonda faol ravishda davom etayotganligini, turk pudratchilarining mintaqada 2 milliard dollarlik investitsiyasi borligini qayd etdi.

Turkiya-Tatariston biznes forumi ikki mamlakat o’rtasidagi shartnomalarga qo’l qo’yilishi ortidan yakunlandi.

 

 



Aloqador xabarlar