Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 60 kishi halok bo‘ldi

Isroil hujumlari yuzasidan oxirgi 24 soat ichida falastinlik yana 60 kishi halok bo‘ldi, 110 kishi tan jarohati oldi.

2137452
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 60 kishi halok bo‘ldi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 2023 – yilning 7 – oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni 34 ming 904 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 216 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Shunga ko‘ra Isroil kuchlari tomonidan oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi 4 qatliom uyushtirilgan. Oqibatida falastinlik yana 60 kishi halok bo‘lar ekan, 110 kishi tan jarohati olgan.

Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 34 ming 904 nafarga yetgani, tan jarohati olganlar sonining esa 78 ming 514 nafar ekani ta’kidladi.

Bayonotda shuningdek, haligacha vayronalar ostida va yo‘l chetida qolib ketgan jasadlar borligi ammo ularni Isroilning moneligi yuzasidan olish imkoni bo‘lmagani ham qayd etildi.



Aloqador xabarlar