Afg‘onistondagi hujum javobgarchiligini DEASh bo‘yniga oldi

Bamyan viloyatidagi turistik hududlarga tashrif buyurgan bir guruh sayyoh, qurolli hujumga uchradi.

2141732
Afg‘onistondagi hujum javobgarchiligini DEASh bo‘yniga oldi

Afg‘onistonning Bamyan viloyatida 6 kishi umriga zomin bo‘lgan qurolli hujum javobgarchiligini DEASh terror tashkiloti bo‘yniga oldi. Eslatib o‘tamiz, ularning 3 nafari ispaniyalik sayyoh edi.

DEASh terror tashkiloti tomonidan ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida berilgan bayonotda, 17 – may kuni Bamyan viloyatidagi sayyohlarni nishonga olgan hujumlar, tashkilot tomonidan uyushtirilgani ma’lum qilindi.

Bamyan viloyatidagi turistik hududlarga tashrif buyurgan bir guruh sayyoh, qurolli hujumga uchragandi.

Hujum oqibati, 6 kishi umriga zomin bo‘ldi. Ulardan 3 nafari afg‘onistonlik, 3 nafari esa ispaniyalik sayyoh edi.

Afg‘oniston muvaqqat hukumati Ichki Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Abdulmatin Kani, voqea yuzasidan gumonlangan 7 kishi qo‘lga olinganini bildirgandi.

 



Aloqador xabarlar