Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 34 ming 97 nafarga yetdi.

2130340
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar soni oxirgi 24 soat ichida yana 48 nafarga ortib, 34 ming 97 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 198 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Unda, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi oxirgi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida falastinlik yana 48 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 79 kishi esa tan jarohati olgani bildirildi.

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi o‘tgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni 34 ming 97 nafarga, yaradorlar soni esa 76 ming 980 nafarga ko‘tarilgani qayd etildi.

Bayonotda, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida hamon qurbonlar borligi ammo Isroil askarlarining to‘sqinliklari yuzasidan tibbiy xodimlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlarining jasadlarni ola olmagani takrorlandi.



Aloqador xabarlar