Hindiston aholisi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) 2024 - yilgi Jahon aholisining holati to‘g‘risidagi hisobotini chop etdi.

2129557
Hindiston aholisi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Hindiston 1,441 milliardga yetgan aholi soni bilan dunyoda yetakchi davlatga aylandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) 2024 - yilgi Jahon aholisining holati to‘g‘risidagi hisobotini chop etdi.

Bu yilgi hisobotda butun dunyoda jinsiy va reproduktiv salomatlikdagi tengsizliklar kuchayayotganiga e’tibor qaratildi.

Hisobotda Afrikadagi ayollarning homiladorlik va tug‘ish bilan bog‘liq asoratlar tufayli o‘lish ehtimoli Yevropa yoki Shimoliy Amerikadagi ayollarga qaraganda 130 barobar ko‘p ekani ta’kidlangan va Amerika qit’asidagi afrikalik ayollarning ham tug‘ish paytida o‘lish ehtimoli ko‘proq ekani ta’kidlandi.

Dunyo aholisining 8,119 milliard kishiga yetgani bildirilgan hisobotda Hindiston aholisining 1,441 million kishi ekani ifoda etildi.

Hindistonning 1,425 million aholiga ega Xitoydan o‘zib, birinchi o‘ringa ko‘tarilishida ijtimoiy - iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi, onalar o‘limining kamaygani muhim rol o‘ynagani ta’kidlandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra Xitoy aholisi 2022 - yili 1,426 milliardga yetganidan keyin kamaya boshladi. Mutaxassislarning fikricha, bu asr oxirida Xitoy aholisi soni 1 milliarddan kamayishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #BMT , #aholisi soni

Aloqador xabarlar