Isroil hujumlari yana 33 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil armiyasi haligacha G‘azo sektoriga qarshi hujum uyushtirmoqda.

2134250
Isroil hujumlari yana 33 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda kamida falastinlik yana 33 kishi halok bo‘ldi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Isroil armiyasi G‘azo sektorining turli nuqtalaridagi oilalarni nishonga oldi. Ushbu qatliomlar oqibatida, oxirgi 24 soat ichida shifoxonalarga 33 kishining jasadi bilan 57 nafar yarador olib kelnigani bildirildi.

Vazirlik, Isroil hujumlari yuzasidan o‘tgan 2023 – yilning 7 – oktabridan beri halok bo‘lganlar sonining 34 ming 568 nafarga, tan jarohati olganlar sonining esa 77 ming 765 nafarga yetganini ifoda etdi.

Bayonotda, shuningdek, harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari kamligi tufayli vayronalar ostida va yo‘l chetida qolgan ko‘plab qurbonlar borligi qayd etildi.



Aloqador xabarlar