Afg'onistondagi sel falokatida qurbonlar soni 70 nafarga yetdi

Sel va suv toshqinlarida 2500dan ortiq uy vayron bo'lgan, 2000dan ortiq chorva mollari nobud bo'lgan, 95 ming gektar ekin maydonlari zarar ko'rgan.

2129795
Afg'onistondagi sel falokatida qurbonlar soni 70 nafarga yetdi

 

Afg'onistonda kuchli yog'igarchiliklar oqibatida yuzaga kelgan sel falokatida qurbonlar soni 70 nafarga yetdi.

Yaralanganlar soni esa, 56 nafarni tashkil qilmoqda.

Tabiiy ofatlar agentligi matbuot kotibi Janan Saeq, suv toshqinlari oqibatida halok bo'lganlar soni 70 ga, jarohatlanganlar soni esa 56 ga yetganini tasdiqladi.

Ma'lumotga ko'ra, sel va suv toshqinlarida 2500dan ortiq uy vayron bo'lgan, 2000dan ortiq chorva mollari nobud bo'lgan, 95 ming gektar ekin maydonlari zarar ko'rgan.

Meteorologiya xizmati yana to‘rt kunlik yog‘ingarchilik kutilayotgani haqida ogohlantirdi.

Afg‘onistonda qish oylarida yog‘ayotgan qorning ob-havo isishi, kuchli yomg‘ir va infratuzilmaning yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan suv toshqinlari har yili yuzlab insonlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar