Polshada Zelenskiyga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Polsha fuqarosi Pavel K. Rossiya harbiy razvedkasiga ma’lumot uzatishda va Rossiya maxsus kuchlariga Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdni rejalashtirishda yordam berishda ayblanmoqda.

2129764
Polshada Zelenskiyga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

 

Polshada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. 

Polsha fuqarosi Pavel K. Rossiya harbiy razvedkasiga ma’lumot uzatishda va Rossiya maxsus kuchlariga Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdni rejalashtirishda yordam berishda ayblanmoqda. 

Polsha milliy prokuraturasi Pavel K. ismli shaxsning hibsga olinishi haqida yozma bayonot berdi.

Bayonotda, Polshaning Ukraina chegarasidan taxminan 90 kilometr uzoqlikdagi Rzeszow-Jasionka aeroporti haqida batafsil ma'lumotni sizdirishga harakat qilgan Pavel K, Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan ruslar bilan aloqa o'rnatishga harakat qilgani bildirildi.

Polsha prokuraturasiga ko‘ra, hibsga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi harbiy razvedka xizmatlari nomidan harakat qilishga tayyorlangan va Ukrainadagi urushda bevosita ishtirok etgan Rossiya fuqarolari bilan aloqada bo‘lgan. Polsha rasmiylari gumondorning faoliyati haqida ukrainalik hamkasblaridan ma’lumot oldi, bu ularga "muhim dalillar" to‘plash imkonini berdi.

Hibsga olingan Pavel K. aybdor deb topilsa, 8 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Amerika qoʻshinlari nazorati ostidagi Rzeshov-Yasionka aeroporti Ukrainaga yuborilayotgan gumanitar va harbiy yordamlar uchun tranzit punkti hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar