Amerika Qo'shma Shtatlari Isroilni qo'llab-quvvatlaydi

Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan telefon orqali muloqot qildi.

2128300
Amerika Qo'shma Shtatlari Isroilni qo'llab-quvvatlaydi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Pentagon tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Muloqot chog'ida Eron-Isroil mojarolari va buning oqibatlari muhokamaqilingan.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan suhbatda yahudiy davlati rasmiylarining Eron hujumiga javob berishdan boshqa chorasi yo‘qligini aytdi. 

Yoav Galant Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostinga Erondan Isroil hududiga uchirilgan ballistik raketalarga javob bermasdan turolmasligini aytgan. Shuningdek, u yahudiy davlati Isroil Suriyadagi nishonlarga har safar zarba berganida Eron to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum bilan javob qaytaradigan vaziyatga ko'z yuma olmasligini ma'lum qilgan.

O‘z navbatida, Ostin vaziyatni yanada keskinlashtirmaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligini aytgan.

U shuningdek, AQSh Isroil mudofaasini va uning “strategik mintaqaviy barqarorlik maqsadi”ni qoʻllab-quvvatlashini tasdiqlagan.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #AQSh

Aloqador xabarlar