Meksikada Falastinni qo‘llab - quvvatlagan namoyish uyushtirildi

oktabridan beri davom etgan hujumlariga munosabat bildirdi. Poytaxt Mexikoda “Falastin uchun bir umid” degan nom ostida to‘plangan yuzlab namoyishchi, bayroqlar bilan yurish qilib, Falastinni qo‘llab – quvvatlagan shiorlar aytdilar.

2127721
Meksikada Falastinni qo‘llab - quvvatlagan namoyish uyushtirildi

Meksikada Falastinni qo‘llab - quvvatlash uchun to‘plangan yuzlab inson, Isroilning G‘azoga qarshi o‘tgan yilning 7 - oktabridan beri davom etgan hujumlariga munosabat bildirdi.

Poytaxt Mexikoda “Falastin uchun bir umid” degan nom ostida to‘plangan yuzlab namoyishchi, bayroqlar bilan yurish qilib, Falastinni qo‘llab – quvvatlagan shiorlar aytdilar.

Kichik narsalarni oq kafanga o‘rab, G‘azoda o‘ldirilgan go‘daklarga e’tibor qaratgan olomon guruh G‘azoda zudlik bilan otashkesim e’lon qilinishi va Isroil hujumlari to‘xtatilishini talab qildi.

Isroil bombardimonida halok bo‘lgan va ko‘pchiligi yosh bolalar bilan ayollardan iborat bo‘lgan 34 ming nafar tinch aholiga e’tibor qaratgan namoyishchilar, Falastinni ozod etishga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Meksika , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar