Hizbulloh harakati Livan janubidan Isroil shimoliga hujum uyushtirilganini e'lon qildi

Xabar qilinishicha, Isroil shimolidagi Ramot Naftali aholi punktidagi harbiy bazaga ham kamikadze uchuvchisiz uchish apparati bilan hujum qilingan.

2127299
Hizbulloh harakati Livan janubidan Isroil shimoliga hujum uyushtirilganini e'lon qildi

 

Hizbulloh harakati Livan janubidan Isroil shimoliga hujum uyushtirilganini e'lon qildi.

Harakat tomonidan berilgan bayonotda, bu Isroil kuchlarining Livan janubiga qarshi uyushtirgan hujumlariga javoban  Isroilning Yuqori Jalildagi Al Zaur harbiy bazasi o'nlab Katyusha raketalari bilan urilgani bildirildi.

Xabar qilinishicha, Isroil shimolidagi Ramot Naftali aholi punktidagi harbiy bazaga ham kamikadze uchuvchisiz uchish apparati bilan hujum qilingan.

Isroil armiyasi bayonotida, Livandan Isroil shimoliga 40 ta raketa uchirilganini bildirdi.Uning ma’lum qilishicha, ularning bir qismi temir gumbaz tizimiga urilgan, qolganlari esa bo‘sh yerga qulagan, qurbonlar yo‘q.

Islomiy jihodning harbiy qanoti Al-Quds shariati ham Isroil janubidagi Sderot shahri va G‘azo chegarasidagi yahudiy aholi punktlariga raketa hujumlarini uyushtirdi.

  Shuningdek, G'azodagi Isroil harbiy mashinalari karvonini barrel bombasi bilan nishonga oldi. Isroil qo'shini Livan janubidagi tog'li hududlarda ham jangovar samolyotlar bilan hujum uyushtirgani bildirildi. Isroil qo'shini o'z bayonotida Rihan tog'larida uyushtirilgan hujumda Hizbulloh marralariga zarba berilganini da'vo qildi.

Hizbulloh qurbonlar yoki talofatlar haqida hech qanday bayonot b



Aloqador xabarlar