BMT G'azoda tungi yordam tarqatishni 48 soatga to'xtatdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xavfsizlik vaziyatini o'rganish uchun G'azoda tungi yordam tarqatishni 48 soatga to'xtatganini ma'lum qildi.

2124661
BMT G'azoda tungi yordam tarqatishni 48 soatga to'xtatdi

 

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xavfsizlik vaziyatini o'rganish uchun G'azoda tungi yordam tarqatishni 48 soatga to'xtatganini ma'lum qildi.

BMT matbuot kotibi Stefan Dujarrik kundalik matbuot anjumanida G'azodagi vaziyat haqida bayonot berdi.

World Central Kitchen (WCK) xodimlari Isroil tomonidan o'ldirilganidan keyin tungi yordamni 48 soatga to'xtatishga qaror qilganliklarini qayd etgan Dujarrik, pauza davomida xavfsizlik muammolari va ularning BMT xodimlariga ta'siri ko'rib chiqilishini qayd etdi.

"Odamlar nobud bo'lmoqda. Ochlik yaqinlashar ekan, gumanitar yordam va xodimlar G'azoda erkin va xavfsiz harakatlanishi kerak deb ogohlantirdi.",  Stefan Dyujarrik.

Dyujarrikning aytishicha, gumanitar yordam to'siqlari nafaqat muhtojlarga kirishga to'sqinlik qiladi, balki resurslarni keraksiz ravishda yo'naltirishga ham olib keladi.

  Uning ta'kidlashicha, WCK va boshqa guruhlarning yordam operatsiyalarini to'xtatish qarori tushunarli, ammo bu ushbu guruhlarga muhtoj bo'lganlarga bevosita ta'sir qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi: "Agar ovqat pishirilmasa, muhtoj odamlar ovqatlana olmaydi". dedi. Isroilning 1 aprel kuni G'azoning Deyr al-Belah mintaqasiga uyushtirgan hujumida WCK xalqaro yordam tashkilotining 7 nafar xodimi hayotdan ko'z yumgan edi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #To'xtatdi , #yordam tarqatish , #G'azo , #BMT

Aloqador xabarlar