Hindistonda ulkan reklama lavhasi odamlar ustiga quladi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeada 8 kishi halok bo'lgan, kamida 59 odam jarohatlangan.

2139574
Hindistonda ulkan reklama lavhasi odamlar ustiga quladi

 

Hindistonda bo‘ron paytida 100 metrlik reklama ustuni odamlar ustiga qulab tushdi.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, voqea Mumbay shahrida sodir bo‘lgan. Ma'lumotga ko'ra, shaharga chang bo‘ronlari kuzatildi va kuchli yomg‘ir yog‘di.

"Kun davomida shamol shahar sharqidagi reklama taxtasini buzib tashladi, inshoot to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar turgan yoqilg‘i quyish shoxobchasiga qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeada 8 kishi halok bo'lgan, kamida 59 odam jarohatlangan", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qulash joyida odamlar vayronalar ostida qolishi mumkin. Ularning soni 20dan oshiq ekani aytilmoqda. 

Maxarashtra bosh vaziri Eknat Shinde voqeada halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hindiston

Aloqador xabarlar