Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio hodisaga keskin munosabat bildirib, raketa sinovi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi qarorlarini buzganini aytdi.

2123397
Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

 

Bugun, 2 aprel kuni Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qildi.

Janubiy Koreya Bosh shtabi bayonotida, Shimoliy Koreya mahalliy vaqt bilan soat 06.53 da Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgani bildirildi.

Qayd etilishicha, o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketa Yapon dengiziga kelib tushgan.

Yaponiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa 100 kilometr balandlikka ko‘tarilishi va havoda maksimal 650 kilometr masofani bosib o‘tishi va Yaponiya milliy eksklyuziv zonasidan tashqariga qulaganini ma’lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, raketa qulagan hududda harakat qilayotgan dengiz va havo elementlariga hech qanday zarar yetkazilmagan.

Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio hodisaga keskin munosabat bildirib, raketa sinovi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi qarorlarini buzganini aytdi. 

“Bu nafaqat mamlakatimiz xavfsizligi, balki mintaqa va xalqaro hamjamiyat xavfsizligiga daxldor bo‘lgan muammo va buni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi u.

Kishida Fumio Yaponiya Shimoliy Koreya raketalariga qarshi jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida AQSh va Janubiy Koreya bilan hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.

AQShning Hindiston-Tinch okeani qoʻmondonligi (INDOPACOM) Shimoliy Koreyani “noqonuniy va beqarorlashtiruvchi harakatlardan tiyilishga” chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya , #Yaponiya

Aloqador xabarlar