Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil armiyasi 177 kundan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqda.

2122730
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 7 - oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni 32 ming 782 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 75 ming 298 nafarga yetdi.

Isroil armiyasi 177 kundan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqda.

Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan oxirgi 24 soat ichida G‘azo sektoriga qarshi 8 ta hujum uyushtirilgani, oqibatida falastinlik yana 77 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 108 kishi esa tan jarohati olgani ma’lum qilindi.

G‘azo sektorida hujumlar boshlangan 7 - oktabrdan beri halok bo‘lganlar soni 32 ming 782 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 75 ming 298 nafarga yetgani ifoda etildi.

Isroil armiyasining G‘azo sektori janubidagi Xon Yunis shahrining ko‘p joylariga qarshi uyushtirgan hujumlarida falastinlik 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Falastinning WAFA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra, Xon Yunisning sharqidagi Beni Suheyla qishlog‘iga qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ko‘plab insonlar tan jarohati oldi.

Xon Yunisning g‘arbidagi Mavasida esa Isroil hujumi tufayli bir ona bola hayotdan ko‘z yumdi.

Boshqa tomondan, G‘azo sektorining markaziy qismidagi G‘azo vodiysi mintaqasiga yaqin bir uyning nishonga olinishi natijasida tan jarohati olgan falastinlik keksa bir kishi ham hayotdan ko‘z yumdi.

 



Aloqador xabarlar