Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Isroilni qoraladi
roilga oid insonsiz havo vositalari, Livan janubida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Livan Muvaqqat Tinchlik kuchlariga tegishli zirhli transport vositasini nishonga oldi.
Isroil armiyasi, xalqaro tashkilotlar va ularning xodimlarini ham hisobga olmay hujumlarini davom ettirmoqda.
Isroilga oid insonsiz havo vositalari, Livan janubida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Livan Muvaqqat Tinchlik kuchlariga tegishli zirhli transport vositasini nishonga oldi.
Oqibatida 3 askar bilan Livan tinch aholisidan 1 kishi tan jarohati oldi.
Livan hujumga keskin munosabat bildirdi. Shu doirada Livan Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda:
Isroilning mamlakat janubiga qarshi uyushtirgan hujumini BMT Xavfsizlik kengashiga shikoyat qilish uchun tayyorgarlik boshlangani bildirilib, voqea keskin qoralandi.
Mazkur hujumni BMT ham qoraladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Antoniu Guterrish hujumni qoralagani qayd etildi.
Bayonotda, tinchlikparvar kuchlarning xavfsizligi har doim ta’minlanishi zarurligi ta’kidlandi.
Aloqador xabarlar
Hindistonda ulkan reklama lavhasi odamlar ustiga quladi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeada 8 kishi halok bo'lgan, kamida 59 odam jarohatlangan.