Janubiy Afrikada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab tushishi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi

Botsvanadan Janubiy Afrikaning Moria hududiga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi chegaradagi Limpopo hududida ko‘prikdan qulab tushdi.

2121802
Janubiy Afrikada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab tushishi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi

 

Janubiy Afrika shimolida yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab tushdi  falokat  oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi.

Botsvanadan Janubiy Afrikaning Moria hududiga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi chegaradagi Limpopo hududida ko‘prikdan qulab tushdi.

Hodisa oqibatida avtobusdagi yo‘lovchilardan 45 nafari hayotdan ko‘z yumgan, jarohatlangan 8 yoshli bola qutqarib olingan.

Janubiy Afrika transport vaziri Sindisive Chikunga matbuotga bergan bayonotida voqea sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar