Rossiya, 2 nafar Latviya diplomatini persona non grata deb e'lon qildi

Rossiya Latviyaning Moskvadagi elchixonasida ishlagan ikki diplomatni "persona non grata" deb e'lon qildi.

2132308
Rossiya, 2 nafar Latviya diplomatini  persona non grata deb e'lon qildi

 

Rossiya Latviyaning Moskvadagi elchixonasida ishlagan ikki diplomatni "persona non grata" deb e'lon qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Latviyaning avvalroq 2 nafar rus diplomatini "persona non grata" deb e'lon qilgani eslatildi.

Bayonotda bu “asossiz” qadam ekanligi va shu sababdan vazirlikka Latviyaning Moskva elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili Dace Rutka chaqirilgani aytilgan.

Bayonotda quyidagilar qayd etilgan:

“Ikki diplomat Latviyaning Moskvadagi elchixonasida oʻzarolik tamoyili asosida va Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasining 9-moddasiga muvofiq ishlab deportatsiya qilinmoqda. Latviya tomoniga, agar Riga rossiyalik diplomatlarga qarshi dushmanlik harakatlarini davom ettirsa,  "Moskva Riga uchun og'riqli qadamlar qo'yishi muqarrar".

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #persona non grata , #ikki diplomat , #Rossiya

Aloqador xabarlar