Grek matbuoti g'arbning Rossiyaga qarshi siyosati Turkiyani super kuchga aylantirgani bildirildi

Yunoniston matbuotidagi oxirgi tahlillarda G'arbning Rossiyaga qarshi siyosati Turkiyani super kuchga aylantirgani bildirildi.

2122141
Grek matbuoti g'arbning Rossiyaga qarshi siyosati Turkiyani super kuchga aylantirgani bildirildi

 

Yunoniston matbuotidagi oxirgi tahlillarda G'arbning Rossiyaga qarshi siyosati Turkiyani super kuchga aylantirgani bildirildi. Turkiyaning mudofaa sanoati sohasida erishgan yutuqlari yunon matbuotida yana bir bor yoritildi.Gretsiyaning yetakchi axborot saytlaridan biri bo‘lgan News Break, “G‘arbning Rossiyaga bo‘lgan dushmanligi, Turkiyani “super davlat”ga aylantirdi. “Turkiya hozirda sanoat kuchiga aylandi, ayniqsa mudofaa sanoatida...” dedi. Tahlil xabarlarida G'arb dunyosining Rossiyaga munosabati va Rossiyaga qarshi siyosatining mintaqaga ta'siri baholandi. Bu holat Turkiya mudofaa sanoati mahsulotlariga qiziqishni oshirgani qayd etildi.Turkiyaning Amerika Qo'shma Shtatlariga (AQSh) eng ko'p artilleriya snaryad sotadigan davlat bo'lishga tayyorlanayotgani ta'kidlandi. AQSh Mudofaa vazirligi bu yil yetkazib beriladigan turk kompaniyasidan 116 ming jangovar yaroqli artilleriya snaryadlarini sotib oldi.Yana bir turk kompaniyasi ham Texasda zavod qurgani eslatildi. Bu yerda 2025 yilga borib Amerikada ishlab chiqarilgan 155 millimetrlik artilleriya snaryadlarining taxminan 30 foizi ishlab chiqarilishi taʼkidlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #super kuch , #Turkiya , #Rossiya , #Matbuot , #Yunoniston

Aloqador xabarlar