Gretsiyada 5,6 va 5,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

Zilzilalar epitsentri Peloponnes orolidagi Iliya mintaqasi bo‘lgani xabar qilingan.

2121947
Gretsiyada 5,6 va 5,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

 

Gretsiyada 5,6 va 5,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

Gretsiya davlat telekanali ERT ma'lum qilishicha, ikki marta ketma-ket sodir bo'lgan zilzila bir daqiqa farq bilan yuzaga kelgan.

Zilzilalar epitsentri Peloponnes orolidagi Iliya mintaqasi bo‘lgani xabar qilingan.

Ion dengizida sodir bo'lgan zilzilalar Attika mintaqasida ham sezildi.

Zilzilalarning chuqurligi 21 yarim kilometrni tashkil etgani bildirildi.

Qurbonlar va yaradorlarning bor yoki yo'qligi haqida hech qanday bayonot berilmagan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar