Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Braziliyaga tashrif buyurdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Braziliyaga 3 kunlik rasmiy tashrifi doirasida Prezident Luiz Inasio Lula da Silva bilan uchrashdi.

2120995
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Braziliyaga tashrif buyurdi

 

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Braziliyaga 3 kunlik rasmiy tashrifi doirasida Prezident Luiz Inasio Lula da Silva bilan uchrashdi.

Emmanuel Makron va Prezident Luiz Inasio Lula da Silva uchrashuvi Amazon mintaqasidagi Belem shahrida bo'lib o'tdi.

Makron Amazonning eng taniqli va eng uzoq umr ko‘rgan himoyachilaridan biri hisoblangan Kayapo qabilasidan bo‘lgan 92 yoshli Raoni Metuktireni “Milliy orden” bilan taqdirladi.

Braziliya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Silva va Makronning Amazondagi Guajara ko’rfazi orqali Kombu oroliga borishi va u yerda kakaoni rivojlantirish loyihasini ko’zdan kechirishi qayd etildi.

Bayonotda Makronning ertaga Rio-de-Janeyroda har ikki davlatdan 200 nafar ishbilarmonlar bilan uchrashishi, keyin esa San-Pauluga borishi bildirildi.

Ma’lum qilinishicha, ertaga, 28 mart kuni Fransiya prezidenti Makron sharafiga Braziliya poytaxtida prezident Lula da Silva tomonidan kutib olish marosimi o'tkaziladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Emmanuel Makron , #Fransiya

Aloqador xabarlar