Papua-Yangi Gvineya shimolida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Kamida 5 kishining halok bo‘lgani va mingga yaqin uylarga shikast yetgani aytilmoqda.

2119930
Papua-Yangi Gvineya shimolida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Papua-Yangi Gvineya shimolida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kamida 5 kishining halok bo‘lgani va mingga yaqin uylarga shikast yetgani aytilmoqda.

"Ayni paytda mingga yaqin uylar shikastlandi. Hududning katta qismida sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatlari o‘rganilyapti", – deydi Sharqiy Sepik provinsiyasi gubernatori Allan Berd.

Yakshanba kuni zilzila sodir bo‘lganida Sepik daryosi qirg‘og‘idagi o‘nlab qishloqlar allaqachon suv toshqiniga ro‘brao‘ kelishgan edi.

Hudud bosh politsiyachisi Kristofer Tamarining ma’lum qilishicha, ma’muriyat zilzilada 5 kishining halok bo‘lganini tasdiqlagan, biroq qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Papua-Yangi Gvineya

Aloqador xabarlar