Rossiyaning Belgorod shahriga hujum sodir etildi

Ukraina Qurolli kuchlarining 23-mart kuni soat 07:00 dan 24-mart soat 07:00 gacha Belgorodga uyushtirgan hujumlarida 1 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi yaralanganini qayd etdi.

2119711
Rossiyaning Belgorod shahriga hujum sodir etildi

 

Ukraina tomonidan Rossiyaning Belgorod shahrida uyushtirilgan hujumlarda bir kishi halok bo'ldi.

Belgorod gubernatori Vyacheslav Gladkov, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, Ukraina Qurolli kuchlarining 23-mart kuni soat 07:00 dan 24-mart soat 07:00 gacha uyushtirgan hujumlarida 1 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi yaralanganini qayd etdi.

Qayd etilishicha, hujumlar tufayli shaharda moddiy zarar yuzaga kelgan. Hujumlarda 214 ta xonadon, 32 ta koʻp qavatli uy, 34 ta hovli uy, 1 ta omborxona, 3 ta ijtimoiy obʼyekt va 9 ta savdo obʼyekti, 40 ta avtomobil shikastlangan. 

Kechga yaqin Rossiya havo mudofaa tizimlari Belgorod viloyati ustida 22 nafar Ukraina havo nishonini urib tushirgan. Hodisada 4 kishi yaralangan.

Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, Ukraina armiyasi Moskva vaqti bilan soat 17.50 atrofida "RM-70 Vampire" ko‘p barrelli raketa otish tizimi bilan Rossiya hududiga hujum uyushtirganini e'lon qildi.

"Belgorod viloyatida 22 ta raketa havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo'q qilindi" deyiladi bayonotda.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar