Eronda sodir bo‘lgan yo‘l - transport hodisasida 417 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Eronda oxirgi 10 kun ichida sodir bo‘lgan yo‘l - transport hodisasida 417 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

2119516
Eronda sodir bo‘lgan yo‘l - transport hodisasida 417 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Navro‘z bayrami munosabati bilan shaharlararo yo‘llarda harakatlanish ortgan Eronda oxirgi 10 kun ichida sodir bo‘lgan yo‘l - transport hodisasida 417 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Eron Milliy Politsiya idorasi yo‘l harakati boshqarmasi boshlig‘i Timur Husayniy, Navro‘z kunlarida mamlakat bo‘ylab sodir bo‘lgan yo‘l - transport hodisalari haqida ma’lumot berdi.

Husayniy, “14 - 24 mart kunlari sodir bo‘lgan yo‘l - transport hodisalarida 417 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 11 ming 392 kishi esa tan jarohati oldi”, - dedi.

Eronlik rasmiy yuqorida qayd etilgan baxtsiz hodisalarning charchoq, uyqusizlik, ehtiyotsizlik va tezlik kabi sabablarga ko‘ra sodir bo‘lganini bildirdi.

Eronda foydalanilgan hijriy shamsiy taqvimga koʻra, 21- mart yilning birinchi kuni hisoblanadi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan rasmiy ravishda 4 kunlik dam olish kuni deb e’lon qilingan mamlakatda, xalq, qariyb 2 haftalik dam olishga chiqmoqda.

Oilaviy ziyorat va sayohatlar o‘tkazilayotgan shu kunlarda shaharlararo yo‘llarda zichlik oshgani sababli yo‘l - transport hodisalari ko‘paymoqda.



Aloqador xabarlar