Nigeriyaning Niger shtatida sodir etilgan qurolli hujumda 21 kishi halok bo'ldi

Nigerning Madaka hududiga borib, o't ochgan. Hujumda 21 kishi, jumladan, viloyat rahbari hayotdan ko'z yumdi, o'nlab odamlar o'g'irlab ketildi.

2119063
Nigeriyaning Niger shtatida sodir etilgan qurolli hujumda 21 kishi halok bo'ldi

Nigeriyaning Niger shtatida sodir etilgan qurolli hujumda 21 kishi halok bo'ldi.

Milliy matbuotda tarqalgan xabarga ko'ra, mototsiklda qurollangan shaxslar kechasi Nigerning Madaka hududiga borib, o't ochgan. Hujumda 21 kishi, jumladan, viloyat rahbari hayotdan ko'z yumdi, o'nlab odamlar o'g'irlab ketildi.

Kamida 50 uy yoqib yuborilgan hujumda mahalliy aholining oziq-ovqat mahsulotlari o'g'irlangan.

Niger shtat politsiyasi voizi Vasiu Abiodun, hujumlar tufayli politsiya va armiya bilan hamkorlikda mintaqaga xavfsizlik kuchlari yuborilganini bildirdi.

Nigeriya turli mintaqalarda qurolli to'dalar, shuningdek, terror tashkilotlari Boko Haram va IShIDning G'arbiy Afrika bo'limi bo'lgan ISWAP hujumlari bilan kurashmoqda.

Nigeriyada jazo o'lim jazosi bo'lsa-da, to'lov uchun odam o'g'irlash keng tarqalgan.

Qurollangan odamlar odatda mamlakat shimolidagi qishloqlar, maktablar va sayohatchilarni nishonga oladi va to'lov talab qiladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #21 kishi halok , #qurolli hujum , #Niger

Aloqador xabarlar