Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 27 kishi halok bo‘ldi

Falastinning WAFA rasmiy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy manbalar Isroil harbiy samolyotlari Nusayrat qochqinlar lageridagi bir uyga qarshi havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.

2117777
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 27 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiy samolyotlarining G‘azo sektorining markaziy qismidagi Nusayrat qochqinlar lageridagi bir uyni bombalashi oqibatida falastinlik 27 kishi halok bo‘ldi.

Falastinning WAFA rasmiy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy manbalar Isroil harbiy samolyotlari Nusayrat qochqinlar lageridagi bir uyga qarshi havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.

Manbalarning qayd etishicha, hujumda aksariyati o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan 27 kishi halok bo‘lgan va ko‘pchilik tan jarohati olgan.

Xabarda shuningdek, Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sharqidagi ad - Durk mahallasida joylashgan Sidra hududiga qarshi havo hujumi uyushtirgani va oqibatida qurbon bo‘lganlar qayd etilgani ifoda etildi. Ayni vaqtda G‘azo shahrining shimoli bilan boshqa hududlar ham nishonga olingan.

Isroil armiyasi tomonidan, G‘azo sektoriga qarshi 7 – oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlarda falastinlik 31 ming 800 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.



Aloqador xabarlar