Isroil G‘azo sektorida yana 104 kishi umriga zomin bo‘ldi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 166 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

2118012
Isroil G‘azo sektorida yana 104 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil armiyasi insonparvarlik yordamlarining yetib borishiga monelik qilish orqali ochlikka suruklagan G‘azo sektorida oxirgi 24 soatda yana 104 kishi umriga zomin bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 166 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Unda, Isroil kuchlarining oxirgi 24 soat ichida G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida falastinlik yana 104 kishi halok bo‘lgani va 162 kishi tan jarohati olgani ma’lum qilindi.

Isroilning o‘tgan 2023 – yilning 7 – oktabridan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 31 ming 923 nafar, tan jarohati olganlar soni esa 74 ming 96 nafar deb qayd etilgani bildirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida halok bo‘lganlar borligi ammo Isroil kuchlari moneligi tufayli tibbiy guruhlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari nomi tilga olingan jasadlarni ola olmaganiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar