Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 92 kishi halok bo‘ldi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 163 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

2116444
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 92 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasi insonparvarlik yordamlarining yetib borishiga monelik qilish orqali ochlikka suruklagan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida, 31 ming 645 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 163 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Isroil kuchlarining oxirgi 24 soat ichida G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida falastinlik yana 92 kishi halok bo‘ldi va 130 kishi tan jarohati oldi.

Isroilning o‘tgan 2023 – yilning 7 – oktabridan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 31 ming 645 nafar, tan jarohati olganlar soni esa 73 ming 676 nafar deb qayd etilgani bildirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida halok bo‘lganlar borligi ammo Isroil kuchlari moneligi tufayli tibbiy guruhlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari jasadlarni ola olmaganiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar