Fransiya senati Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha bitimni qo‘llab-quvvatladi

Ovoz berish jarayoni senatning rasmiy saytida namoyish qilingan. Bitim 293 nafar “ha” va 22 nafar “yo‘q” ovozi bilan qabul qilindi.

2115593
Fransiya senati Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha bitimni qo‘llab-quvvatladi

 

Fransiya parlamenti yuqori palatasi chorshanba kuni Parij bilan Kiyev o‘rtasida xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatladi. Ovoz berish jarayoni senatning rasmiy saytida namoyish qilingan. Bitim 293 nafar “ha” va 22 nafar “yo‘q” ovozi bilan qabul qilindi.

12-mart kuni boʻlib oʻtgan Milliy Assambleya Bosh Assambleyasida Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi va parlament ovoziga qoʻyilgan kelishuv 99ga qarshi 372 ovoz bilan qabul qilingandi.

Bosh vazir Gabriel Attal ovoz berishdan oldin Bosh Assambleyada so'zlagan nutqida, "Biz uchun Ukrainaga yuz o'girish o'z qadriyatlarimizdan yuz o'girish demakdir" dedi. U Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri (2022-yil) Ukrainaga 2,6 milliard yevrolik harbiy texnika jo‘natganini ma’lum qildi.

Fevralda Fransiya va Ukraina o‘rtasida imzolangan 10-yillik muddatli xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama bitimda 2024-yil Kiyevga 3 milliard yevro ajratish ham ko‘zda tutilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Fransiya

Aloqador xabarlar