Polsha 50dan ortiq mamlakatdan o'z elchilarini chaqirib olishga qaror qildi

"Polsha davlatiga sodiq va barcha elchixonalarda ishimizni olib boradigan kuchli jamoani tashkil qilishimiz va rivojlantirishimiz kerak",- deydi Bosh vazir Donald Tusk.

2115431
Polsha 50dan ortiq mamlakatdan o'z elchilarini chaqirib olishga qaror qildi

 

Polsha diplomatik vakolatxonalarini yaxshilash harakatlari doirasida 50 dan ortiq mamlakatdan o'z elchilarini chaqirib olishga qaror qildi.

Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini takomillashtirish doirasida elchilarni chaqirib olish jarayoni boshlangani haqida bayonot berdi.

Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski ma'lum qilishicha, 50 dan ortiq elchini chaqirib olishga qaror qilingan. Bu qaror kerakli o'zgarishlarning mamlakat tashqi siyosatida duch kelgan qiyinchiliklarni "yaxshiroq va professional tarzda" hal qilishga yordam beradi.

Bayonotda chaqirib olingan elchilar haqidagi tafsilotlar va ularning o‘rniga qachon yangi elchi tayinlanishi haqidagi ma’lumotlar kiritilmagan.

Bosh vazir Donald Tusk, davlatga tegishli "TVP Info" kanaliga bergan bayonotida, vazir Sikorski bilan elchixonalarda keng qamrovli o'zgarishlar qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

"Polsha davlatiga sodiq va barcha elchixonalarda ishimizni olib boradigan kuchli jamoani tashkil qilishimiz va rivojlantirishimiz kerak",-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Polsha

Aloqador xabarlar