Isroil hujumlari oqibatida yana 83 kishi halok bo‘ldi

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan G‘azoda berilgan bayonotda, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi 153 kundan beri davom etayotgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

2112450
Isroil hujumlari oqibatida yana 83 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida oxirgi 24 soat ichida falastinlik yana 83 kishi halok bo‘ldi. Bu orqali mazkur urushda o‘tgan yilning 7 – oktabridan beri jon bergan falastinliklar soni 30 ming 800 nafarga yetdi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda G‘azoda berilgan bayonotda, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi 153 kundan beri davom etayotgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Oxirgi hujumlarda yana 83 kishi halok bo‘lgani va bu orqali mintaqadagi qurbonlar soni 30 ming 800 nafarga chiqqani bildirilgan bayonotda, Isroil kuchlarining falastinlik yana 142 kishi sog‘ligiga zomin bo‘lgani va tan jarohati olganlar soni shu bilan 72 ming 298 nafar deb qayd etilgani ifoda etildi. 

Bayonotda shuningdek, Isroilning G‘azoda oxirgi 24 soat ichida to‘qqizta qatliomga qo‘l urgani, vayronalar ostida va yo‘l chetida haligacha qurbon bo‘lganlar borligi ammo Isroil kuchlari monelik qilgani bois tibbiy xodimlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhlari jasadlarni ola olmagani takidlandi.

 



Aloqador xabarlar