Armaniston,Rossiya chegara qoʻshinlarining aeroportidagi vazifalarini toʻxtatishga qaror qildi

Armaniston maʼmuriyati Rossiya chegara qoʻshinlarining poytaxt Yerevandagi “Zvartnots” xalqaro aeroportidagi vazifalarini toʻxtatishga qaror qildi.

2112326

Armeniya rasmiy axborot agentligi Armenpress xabariga ko'ra, Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan:  Milliy Assambleyada bo'lib o'tgan yig'ilishdan so'ng matbuotga bayonot berdi.

Grigoryan, Armaniston ma'muriyati, so'z yuritilayotgan aeroportdagi barcha xizmatlarni butunlay Armaniston rasmiylari tomonidan amalga oshirilishiga qaror qilganini bildirdi.

“Armaniston bu masala boʻyicha aniq pozitsiyaga ega va rasmiy maktubda bu aniq pozitsiya haqida Rossiya Federatsiyasiga maʼlum qildi.

“Armanistonning pozitsiyasi shundan iboratki, Zvartnots xalqaro aeroportida xizmatni Armaniston chegara qo‘riqlash korpusi amalga oshirishi kerak.

Milliy assambleya spikeri Alen Simonyan 27-fevral kuni Rossiya chegarachilarni Zvartnots aeroportidan olib chiqish to‘g‘ri, deb hisoblaganini ma’lum qilgan edi.

Rossiya Prezident saroyi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Armaniston hukumatining bu qarori haqida hozircha hech qanday ma'lumot olmaganini aytdi.

Aloqador xabarlar