Filippindagi tabiiy ofatda halok bo‘lganlar soni ortdi

Joriy yilning 6 - fevrali kuni Filippinda yuz bergan tabiiy ofat yuzasidan halok bo‘lganlar soni ortdi.

2101455
Filippindagi tabiiy ofatda halok bo‘lganlar soni ortdi

Filippin janubida 6 - fevral kuni sodir bo‘lgan tuproq ko‘chkisida halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetdi.

Manila Bulletin gazetasi xabariga ko‘ra, Masara qishlog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chki ustidan rasmiylar tomonidan bayonot berildi.

Unda, ko‘chki yuz bergan hududlardan yana 14 kishining jasadi olib chiqilgani va bu orqali ular soni 68 nafarga yetgani qayd etildi.

Qidiruv - qutqaruv ishlari davom etgani bildirilgan bayonotda, 6 - fevral kuni sodir bo‘lgan ko‘chkidan beri 32 kishining yarador vaziyatda qutqarilgani va 51 kishining esa haligacha bedarak ekaniga e’tibor qaratildi.

Bayonotda shuningdek, tabiiy ofat yuz bergan hududdan 1100 dan ortiq oila evakuatsiya qilingani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Filippin , #tuproq ko‘chkisi , #tabiiy ofat

Aloqador xabarlar