Putinning 12 fevralga rejalashtirilgan Turkiyaga tashrifi keyinga qoldirildi

Putinning Turkiya tashrifi taxminan, aprel oxiri, may oyining boshlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

2099717
Putinning 12 fevralga rejalashtirilgan Turkiyaga tashrifi keyinga qoldirildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 12 fevralga rejalashtirilgan Turkiyaga tashrifi keyinga qoldirildi.

Bu haqda TASS nashri Turkiyadagi diplomatik manbalariga tayanib xabar berdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Putin va Erdo‘g‘an uchrashuviga tayyorgarlik davom etmoqda.

Putinning Turkiya tashrifi taxminan, aprel oxiri, may oyining boshlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Putin

Aloqador xabarlar