Turkiya Kobuldagi bolalar shifoxonasiga yordam berdi

Turkiya Kobuldagi bolalar shifoxonasiga tibbiy asbob - uskunalar jihatidan yordam berdi.

2096684
Turkiya Kobuldagi bolalar shifoxonasiga yordam berdi

Turkiya, Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi «Ataturk» nomidagi bolalar shifoxonasiga tibbiy asbob - uskunalar jihatidan yordam berdi.

Turk Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Kobul ofisi tomonidan ajratib berilgan 50 dona yotoq, 10 ta monitor, 1 dona DC - 40 Mindrey ultratovush tizimi apparati va turli tibbiy buyumlar shifoxona ma’muriyatiga topshirildi.

Qurilish ishlari avval Afg‘oniston hukumati tomonidan boshlagan ammo imkonsizliklar yuzasidan tamomlanmagan shifoxona, 2001 - yili Turkiya ko‘magida qurib bitkazilar ekan «Ataturk» nomidagi bolalar shifoxonasi degan nom ostida xizmat bera boshlagandi.

TIKAning Kobul ofisi, vaqti - vaqti bilan yuqorida nomi tilga olingan shifoxonaga yordam berib, uning imkonlarini kengaytirishga urinmoqda.



Aloqador xabarlar