Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yanvar oyining ilk kunlarida Yaponiyada sodir bo‘lgan yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 213 kishiga yetdi.

2087367
Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yaponiya g‘arbidagi Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan yer silkinishlarida hayotdan ko‘z yumganlar soni 213 nafarga yetdi.

Ishikava shahri rasmiylari tomonidan berilgan bayonotda, yanvar oyining ilk kunlarida sodir bo‘lgan yer silkinishlarida halok bo‘lganlar soni 213 nafarga chiqqani bildirdildi.

Bayonotda, 25 mingdan ortiq insonning 400 ta evakuatsiya nuqtasida jon saqlagani, bekilib qolgan yo‘llar yuzasidan 3 ming 100 kishining chorasiz qolgani va 60 ming nafarga yaqin xonadonda elektr energiyasi uzilgani ma’lum qilindi.

Mintaqa bo‘ylab yer silkinishlarida tan jarohati olgan 567 kishining davolanayotgani ifoda etilgan bayonotda, bedarak yo‘qolgan 52 kishini qidirish ishlarining davom etayotganiga e’tibor qaratildi.

Markaziy hukumat, yer silkinishi yuz bergan hududda chorasiz qolganlarga nisbatan atrofdagi Fukui, Toyama va Niigata viloyatlarida jon saqlash uchun 10 ming kishilik boshpana qurilishini ma’lum qildi.

Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 - 5 yanvar kunlari Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida kamida 5, eng ko‘p 7 magnitudali yer silkinishi qayd etilgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #Ishikava , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar