Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yanvar oyining ilk kunlarida Yaponiyada sodir bo‘lgan yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 168 kishiga yetdi.

2085609
Yaponiyadagi yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni ortdi

Yaponiya g‘arbidagi Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan yer silkinishlarida hayotdan ko‘z yumganlar soni 168 nafarga yetdi.

NHK xabariga ko‘ra, Ishikava shahri rasmiylari yanvar oyining birinchi kunlarida sodir bo‘lgan yer silkinishlari haqida bayonot berdi.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, yer silkinishlarida halok bo‘lganlar soni 168 kishiga chiqar ekan 323 kishi esa bedarak yo‘qolgan.

Boshqa jihatdan rasmiylar, yer silkinishidan ziyon ko‘rgan hududlarda qor yog‘ishi davom etayotgani bois yer silkinishidan ziyon ko‘rgan binolar ustidan xalqni ogohlantirdi. Yaponiya meteorologiya agentligi xalqni transport tizimlaridagi uzilishlar, elektr energiyasi simlari va daraxtlardagi qor to‘planishi va boshqa xavflarga qarshi ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Yaponiya meteorologiya agentligining xabar berishicha 1, 2, 3 va 4 - yanvar kunlari Ishikava shahri bilan shu hududdagi Noto yarim oroli qirg‘oqlarida kamida 4, eng ko‘p 7 magnitudali ekani aniqlangan yer silkinishi sodir bo‘lganini bildirgandi.



Aloqador xabarlar