Erondagi teraktda qurbon bo‘lganlar soni 84 nafar deb qayd etildi

Kecha, Eronda yuz bergan teraktda qurbon bo‘lganlar soni 84 nafar deb qayd etildi.

2084387
Erondagi teraktda qurbon bo‘lganlar soni 84 nafar deb qayd etildi

Eronning Kirmon viloyatida Qosim Sulaymoniy qabri yonida sodir bo‘lgan ikkita portlashda halok bo‘lganlar soni 84 nafar deb qayd etildi.

Eronning IRNA rasmiy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, teraktdan keyin Kermanga borgan Ichki Ishlar vaziri Ahmad Vohidiy voqea yuzasidan bayonot berdi.

Ushbu bayonotga ko‘ra portlash ortidan avval 103 nafar, keyin esa 95 nafar ekani aytilgan qurbonlar soniga to‘xtalgan Vohidiy, sud - tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra hayotdan ko‘z yumganlar sonining 84 nafar deb aniqlanganini bildirdi.

Tan jarohat olganlar sonining 284 nafar ekaniga e’tibor qaratgan Vohidiy, bir qismining shifoxonadan chiqqani va hozirda 220 kishi davolanayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Eron Favqulodda vaziyatlar boshlig‘i Jafer Miadfer esa, oxirgi marta 95 nafar deb e’lon qilingan qurbonlar sonining 84 nafar ekani aniqlangani haqidagi bayonotida, ba’zi jasadlar parchalangani bois raqamlar qayta ko‘rib chiqilganini ifoda etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Bundan 3 yil muqaddam, 2020 - yilning 3 - yanvari kuni AQShning Bog‘doddagi hujumida o‘ldirilgan Eron Inqilobi muhofizlari korpusi, al – Quds bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy vafotining 4 – yilligi munosabati bilan kecha uni yodga olish marosimi uyushtirildi. Ushbu marosim paytida Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yo‘lida ikkita portlash yuz bergandi.

Boshqa tomondan Eron Tashqi ishlar vaziri Husayin Amir Abdullohiyon, mazkur bombali terror hujumlari bilan bog‘liq Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) kuzatuvida huquqiy va siyosiy tashabbuslar boshlatganliklarini ma’lum qildi.

Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ham BMT Xavfsizlik kengashini hujumni qoralashga chaqirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Qosim Sulaymoniy , #terakt

Aloqador xabarlar