Eronda sodir bo‘lgan portlashda 73 kishi halok bo‘ldi

Eronda, Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yo‘lida ikkita portlash yuz berdi.

2083842
Eronda sodir bo‘lgan portlashda 73 kishi halok bo‘ldi

Eronning Kirmon viloyatida Qosim Sulaymoniy qabri yonida sodir bo‘lgan ikkita portlashda 73 kishi halok bo‘ldi.

Eron davlat telekanali ma’lumotlariga ko‘ra 2020 - yilning 3 - yanvari kuni AQShning Bog‘doddagi hujumida o‘ldirilgan Eron Inqilobi muhofizlari korpusi, al – Quds bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy vafotining 4 – yilligida uni yodga olish marosimi uyushtirildi. Ushbu namoyish paytida Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yo‘lida ikkita portlash yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra voqea oqibatida 53 kishi halok bo‘lar ekan, 170 kishi tan jarohati olgan.

Eron davlat telekanali, 10 daqiqada bir bo‘lgan ikkala portlashning ham terakt ekanini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz:

Bundan 3 yil muqaddam, 2020 - yilning 3 - yanvari kuni AQShning Bog‘doddagi hujumida o‘ldirilgan Eron Inqilobi muhofizlari korpusi, al – Quds bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy vafotining 4 – yilligi munosabati bilan bugun uni yodga olish marosimi uyushtirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Qosim Sulaymoniy , #portlash

Aloqador xabarlar