Sudanda 3 million bola o‘z uy – joyidan mahrum ekani qayd etildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNESCO), Sudan armiyasi bilan Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlari o‘rtasidagi urushning 200 – kunida yozma ravishda bayonot berdi.

2061379
Sudanda 3 million bola o‘z uy – joyidan mahrum ekani qayd etildi

Sudanda urush boshlagan 15 – apreldan beri 3 million bolaning o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgani qayd etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNESCO), Sudan armiyasi bilan Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlari o‘rtasidagi urushning 200 – kunida yozma ravishda bayonot berdi.

Bayonotda, xalqaro hamjamiyat va mojaro tomonlari sa’y - harakatlarini kuchaytirishi orqali har kuni dahshatli tush ko‘rayotgan millionlab bola va oila muammolarini hal qilish kerakligi ta’kidlandi.

Eng og‘ir badalni bolalar to‘laganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, “Sudan hozirda dunyodagi eng yirik ko‘chish inqiroziga sahna bo‘lmoqda. Sudanda 3 million bola xavfsizlik, oziq - ovqat, salomatlik va boshpana izlab o‘z uy - joyini tark etgan vaziyatda”. - deyildi

Bayonotda, 14 million nafar bolaning shoshilinch insonparvarlik yordamiga muhtoj ekani qayd etildi.

“Sudandagi millionlab bola tortgan azob – uqubatlar bilan o‘limning, unutilgan boshqa insoniy falokatga aylanishiga yo‘l qo‘yolmaymiz”. – deyilgan bayonotda, bolalarning xalqaro hamjamiyatning yordami va tinchlikka muhtojligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz:

Sharqiy Afrika davlati Sudanda 15 – aprel kuni, armiya bilan Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.

Sudan Inson huquqlariga amal qilinishini kuzatish markazi (SOHR) ma’lumotlariga ko‘ra, haligacha davom etayotgan to‘qnashuvlarda 10 mingga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan. Sudanlik 25 million kishi esa, insonparvarlik yordamiga muhtoj va 5,4 million kishi o‘z uy - joyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Sudan Suveren kengashi raisi va armiya qo‘mondoni general Abdulfattoh al – Burxon, 6-sentabr kuni davlatga qarshi isyon ko‘targani, fuqarolarga nisbatan jiddiy qonunbuzarliklarga qo‘l urgani va mamlakat infratuzilmasini qasddan sabotaj qilgani sababli Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlarini tarqatib yuborish haqida qaror qabul qilgandi.

Burxon, xalqaro hamjamiyatni Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlarini “terrorchi guruh” sifatida qabul qilishga chaqirdi.

Mintaqaviy va xalqaro o‘tashkesim hamda muzokara tashabbuslari, tomonlarning o‘zaro ayblovlari va ilgari surilgan shartlar bo‘yicha kelishib olishlari sababli bugungacha hech qanday natija bermadi.

Sudan armiyasi Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlarining poytaxt Xartumdagi tinch aholi punktlari va jamoat obyektlarini evakuatsiya qilmagani, bir necha bor qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygani sabab iyul oyida Jiddadagi muzokaraldan bosh tortgandi.

 



Aloqador xabarlar