Isroil hujumi falastinlik yana 51 kishining umriga zomin bo‘ldi

Isroilning al - Megazi qochqinlar lageriga qarshi uyushtirgan hujumida 51 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ko‘pchilik tan jarohati oldi.

2060435
Isroil hujumi falastinlik yana 51 kishining umriga zomin bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektorining markaziy qismlarida joylashgan al - Megazi qochqinlar lageriga qarshi uyushtirgan hujumida ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 51 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ko‘pchilik tan jarohati oldi.

Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azodagi al - Megazi qochqinlar lageridagi Seman oilasining uyini nishonga oldi.

Hujumda ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 51 kishi hayotdan ko‘z yumdi va ko‘pchilik tan jarohati oldi.

Isroil armiyasi Indoneziya kasalxonasi atrofiga kamida 15 ta havo hujumi uyushtirdi. Tel az -Zater mintaqasida suv omborlariga zarba berilishi natijasida atrofdagi uylar suv ostida qoldi.

Isroil armiyasining G‘azoning g‘arbidagi Abu Hasira oilasining uyiga qarshi uyushtirgan hujumi oqibatida qulagan uy vayronalari ostidan 5 kishining jasadi chiqarildi.

Isroil armiyasi blokada ostidagi G‘azo sektoridagi yana bir jome’ masjidini bombardimon qildi. Al - Katiba mintaqasidagi Shayx Zoyid al - Nahyon jome’ masjidining bombalanishi bilan Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari chog‘ida 55 ta jome’ masjidi butunlay vayron bo‘ldi, 112 ta jome’ masjidi esa turli yo‘llar bilan ziyon ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Isroil rasmiylari G‘azodan qilingan hujumlarda 1 ming 400 nafardan ortiq isroillik, jumladan 315 nafar askar halok bo‘lgani va 5 ming 132 nafar kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Isroilga ko‘ra, 31 - oktabrdan beri G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan askarlar soni 25 nafarga yetgan. Qassam brigadalarida esa 242 nafar isroillik asir bor. Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda ham isroillik bir askar halok bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Isroil hujumlarida 9 ming 500 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Ulardan 3 ming 900 nafari yosh bola, 2 ming 509 nafari esa ayol kishi. Kamida 24 ming kishi tan jarohati olgan.

G‘arbiy Sohil va Quddusda Isroil kuchlari bilan yahudiy ko‘chmanchilar 144 nafar falastinlik umriga zomin bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #falastinlik , #G‘azo , #sroil hujumi

Aloqador xabarlar