Afg‘onistondagi yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi

Tolibon muvaqqat hukumatining tabiiy ofatlar bo‘yicha davlat vazirligi matbuot xizmati kotibi Mulla Janan Saik, mavzu haqida bayonot berdi.

2047792
Afg‘onistondagi yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi

Afg‘onistonning Hirot viloyatida sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 ming 53 nafarga yetdi.

Tolibon muvaqqat hukumatining tabiiy ofatlar bo‘yicha davlat vazirligi matbuot xizmati kotibi Mulla Janan Saik, mavzu haqida bayonot berdi.

Saik, yer silkinishi yuzasidan 2 ming 53 kishining hayotdan ko‘z yumgani va 9 ming 240 kishi tan jarohati olganini bildirdi.

Hayotdan ko‘z yumganlarning ko‘pining Zindajon tumanidagi 13 qishloqda kuzatilganiga e’tibor qaratgan Saik, 1 ming 320 uyning esa yiqilganini bildirdi.

Madaniyat va axborot vazirligi matbuot xizmati kotibi Abdul Vohid Rayan ham, yer silkinishida taxminan 6 qishloq yer bilan yakson bo‘lgani va 2 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgani, yuzlab inson vayronagarchilik ostida qolganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar