Liviyada sel falokati qurbonlari soni 5 mingdan oshdi

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, falokatda minglab odamlar bedarak yo'qolgan.

2036614
Liviyada sel falokati qurbonlari soni 5 mingdan oshdi

 

Liviya sharqidagi Derna shahrida sel va suv toshqinlari oqibatida halok bo'lganlar soni 5 ming 300 nafarga yetdi.

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, falokatda minglab odamlar bedarak yo'qolgan.

Liviya rasmiy xabar agentligi LANA xabariga ko'ra, 10-sentyabr kuni sodir bo'lgan suv toshqinlarida halok bo'lganlar soni birgina Derna shahrining o'zida 5 ming 300 nafarga etgan.

Tabiiy ofatga 10 sentabr kuni mamlakat shimoli-sharqida yuz bergan "Daniel" sikloni sabab bo‘lgan. Falokat mamlakatning Bing’ozi, Beyda, Marj, Suse va Derna shaharlarida ham suv toshqinlariga sabab bo‘lgan.

Milliy Birlik Hukumati Bosh Vaziri Abdulhamid Dibeybe suv toshqini sababli butun mamlakat bo'ylab 3 kunlik motam e'lon qildi va Liviya Prezidentlik Kengashi sel va suv toshqinidan zarar ko'rgan hududlar uchun qardosh davlatlar va xalqaro tashkilotlardan yordam so'ragan.

Qizil Xoch Liviyada sel falokatida bedarak yo'qolganlar sonining 10 mingga yetganini bildirdi.

Liviyaning sharqiy hududlarida yog'ingarchilik miqdori so'nggi 40 yil ichida eng yuqori darajada ekanligi ta'kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Liviya

Aloqador xabarlar