Birlashgan Arab Amirliklari Nigeriyaliklarga nisbatan viza taqiqini bekor qildi

Nigeriya Prezidenti Bola Ahmed Tinubuning maxsus maslahatchisi Ajuri Ngelalening ma'lum qilishicha, Tinubu BAAning poytaxti Abu Dabida BAA Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahayan bilan uchrashgan.

2036088
Birlashgan Arab Amirliklari Nigeriyaliklarga nisbatan viza taqiqini bekor qildi

 

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) taxminan bir yildan so‘ng nigeriyaliklarga nisbatan viza taqiqini bekor qildi.

Nigeriya Prezidenti Bola Ahmed Tinubuning maxsus maslahatchisi Ajuri Ngelalening ma'lum qilishicha, Tinubu BAAning poytaxti Abu Dabida BAA Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahayan bilan uchrashgan.

Ngelalening qayd etishicha, uchrashuv chog‘ida ikki lider BAA tomonidan Nigeriyaliklarga nisbatan joriy etgan viza taqiqini bekor qiluvchi kelishuv imzolagan.

Kelishuvni "tarixiy" deb ta'riflagan Ngelale, Nigeriyalik yo'lovchilar uchun vizaning 1 yildan so'ng bekor qilinganini bildirdi.

Ngelalening ta'kidlashicha, kelishuvga ko'ra, BAAga tegishli Etihad Airways va Emirates Airlines Nigeriyaga parvozlar jadvalini kechiktirmasdan qayta boshlaydi.

Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari 2022-yil oktabr oyida noma’lum sababga ko‘ra nigeriyaliklarga viza taqiqini joriy qildi.

Etihad Airways va Emirates Airlines aviakompaniyalari Nigeriyada to'plangan pullarini ololmaganliklari sababli parvozlarini to'xtatgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Viza , #Nigeriya , #BAA

Aloqador xabarlar