Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar soni ortdi

Bugun ertalab Kavajik (Lefkimi) qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududidan kuygan jasad topildi.

2029213
Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar soni ortdi

Gretsiyaning Evros mintaqasida yonayotgan Dadiya o‘rmon hududidan noqonuniy muhojirlardan biriga oid ekani taxmin qilingan jasad topilgani bildirildi.

Bugun ertalab Kavajik (Lefkimi) qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududidan kuygan jasad topildi.

Olib borilgan otopsiya natijasida jasadning Evros daryosi orqali Gretsiyaga o‘tmoqchi bo‘lgan noqonuniy muhojirga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.

Mamlakatda, 19 - avgustdan beri davom etayotgan yong‘inlar to‘liq nazorat ostiga olinmasa ham bugun o‘z ta’sirini yo‘qotdi.

Viotiyada 21-avgust kuni Evros mintaqasidagi Kavajikda (Lefkimi) bir cho‘pon bilan bir nafar noqonuniy muhojir vafot etgandi.

Dadiya o‘rmon hududidan 22 - avgust kuni Evros daryosi orqali Gretsiyaga o‘tmoqchi bo‘lgan va noqonuniy muhojirlarga oid ekani taxmin qilingan 18 kishining jasadi topilgan va ulardan 2 nafari yosh bola bo‘lgan.

Shu tariqa, mamlakatdagi yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni 21 nafarga yetdi.

Gretsiyada oxirgi 20 yil ichida yuz bergan eng katta o‘rmon yong‘inida o‘t qo‘yishda gumon qilinib qo‘lga olingan 140 kishidan 73 nafariga nisbatan sud jarayoni boshlatilgandi.

Boshqa tomondan, mamlakatda bir necha kundan beri davom etayotgan yong‘inlarni o‘chirishning imkoni bo‘lmayotgani, “talablarga yetarlicha javob bermaslik yuzasidan” deb baholanmoqda.

Yong‘inning nazoratdan chiqib ketishining yagona sababi, iqlim inqirozi emasligiga e’tibor qaratgan bir guruh namoyishchilar poytaxt Afinada to‘plandi.

O‘t o‘chirish bo‘limida xodimlar va transport vositalarining yetishmasligiga munosabat bildirgan guruh, shuningdek, yong‘inlarda halok bo‘lganlar uchun ham adolat talab qildilar.

 

 



Aloqador xabarlar