Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlari qayta tiklandi

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Tehron va Ar-Riyod oʻrtasidagi munosabatlar tiklanishi munosabati bilan Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

2025871
Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlari qayta tiklandi

 

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Tehron va Ar-Riyod oʻrtasidagi munosabatlar tiklanishi bilan 7 yillik oradan soʻng ilk bor Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Eron rasmiy xabar agentligi IRNA xabariga ko‘ra, Abdullahiyon oliy darajali delegatsiya bilan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga jo'nab ketdi.

7 yildan keyin Tehron va Ar-Riyod oʻrtasidagi aloqalar qayta tiklanganidan keyin ilk bor Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan Eron Tashqi ishlar vaziri Abdullahiyonning Saudiya Arabistoni rasmiylari, ayniqsa hamkasbi Faysal bin Ferhon bilan uchrashuvi kutilmoqda. 

Tashrif chog‘ida Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilinadi.

Tashrif bilan bir vaqtda Eronning Ar-Riyoddagi elchisi etib tayinlangan Ali Rizo Enayeti Saudiya Arabistonida rasman o'z vazifasini boshlaydi.

Eslatma: 2016-yilning 2-yanvarida Saudiya Arabistonida 47 kishi, jumladan, shia ruhoniysi Nimr an-Nimr “terrorizm”da ayblanib qatl etilganidan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar uzilgan edi.

10-mart kuni Eron va Saudiya Arabistoni 7 yillik tanaffusdan so‘ng, munosabatlarni normallashtirishga qaror qildi va o‘z elchixonalarini qayta ochish, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni qayta boshlash hamda vizani yengillashtirishga kelishib olgandi.


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni , #Eron

Aloqador xabarlar