Nigerda sodir etilgan terror hujumida 17 askar halok bo‘ldi

Tillaberi Niger, Mali va Burkina-Faso chegarasida joylashgan bo‘lib, “3 davlat chegarasi” sifatida tanilgan.

2025462
Nigerda sodir etilgan terror hujumida 17 askar halok bo‘ldi

Nigerning Mali chegarasida sodir etilgan terror hujumida 17 askar halok bo‘ldi.

Niger Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Tillaberi hududida harbiy konvoyga qarshi noma’lum qurolli shaxslar tomonidan hujum qilingani qayd etildi.

Bayonotda, hujumda 17 askarning shahid bo‘lgani va 20 askarning tan jarohati olgani bildirildi.

Tillaberi Niger, Mali va Burkina-Faso chegarasida joylashgan bo‘lib, “3 davlat chegarasi” sifatida tanilgan.

Bu chegara chizig‘i Al - Qoida va DEASh bilan aloqasi bor terror guruhlari tomonidan tez-tez hujumga uchramoqda.


Tanlangan kalimalar: #Niger , #Tillaberi , #terror hujumi

Aloqador xabarlar