Isroil va Saudiya Arabistoni munosabatlarini normallashtirish vaqt talab qiladi

Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen Saudiya Arabistoni bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishish “vaqt masalasi” ekanini aytdi.

2023225

Yedioth Ahronot gazetasining onlayn axborot sayti Ynetga bergan intervyusida Cohen, Isroil va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi munosabatlarni normallashtirish "yaqin" ekanini va bu "vaqt masalasi" ekanligini aytdi.

“Kelishuv Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh) manfaatiga ham javob beradi”, deb ta’kidlagan Koen, “(AQSh Prezidenti Jo) Bayden ma’muriyati 2024 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan siyosiy muvaffaqiyatga erishmoqchi”, dedi.

“Amerikaliklar iqtisodiyotdan ham manfaatdor va AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi kelishuv energiya xarajatlarini kamaytirishi mumkin. Saudiyaliklar ham Eronga qarshi mudofaa izlamoqda”. dedi u.

"Biz  Amerika Qo'shma Shtatlar, Saudiya Arabistoni va Isroil manfaatlari birlashadigan nuqtada turibmiz, shuning uchun to'qqiz oydan bir yilgacha bo'lgan kelishuv haqida gapirayotgan OAV xabarlari menga to'g'ri keladi", dedi Koen.

Tanlangan kalimalar: #Normallashuv , #Saudiya Arabiston , #Isroil

Aloqador xabarlar