Saudiya Arabistonida Rossiya-Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llari muhokama qilinmoqda

Saudiya Arabistonida kechadan beri Rossiya-Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llari muhokama qilinmoqda.

2020756
Saudiya Arabistonida Rossiya-Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llari muhokama qilinmoqda

Saudiya Arabistonida Rossiya-Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llari muhokama qilingan yig‘ilish uyushtirildi.

Al-Ihbariyye kanalida o‘rin olgan xabarga ko‘ra, yig‘ilish kecha mamlakatning Jidda shahrida o‘z ishini boshlagan.

Unda ba’zi davlatlarning milliy xavfsizlik maslahatchilari bilan vakillarining ishtirok etishi bildirilgan xabarda, ishtirokchi davlatlarning nomlari va yig‘ilish muddati tafsilotlariga o‘rin berilmadi.

Arab matbuoti esa, yig‘ilishda 40 ga yaqin davlat vakili ishtirok etayotgani va uning ikki kun davom etishini qayd etdi. Shuningdek, ishtirokchi davlatlar qatorida Ukrainaning borligi ammo Rossiya tomonidan esa hech qanday ishtirokning yo‘qligiga e’tibor qaratildi.



Aloqador xabarlar